2 241
O‘zbekistonda bosh prokurorning ayrim vakolatlari quyi prokurorlarga ham berilishi mumkin
O‘zbekistonda bosh prokurorning ayrim vakolatlari quyi prokurorlarga ham berilishi mumkin. Bu haqda respublika bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida ma’lum qildi.
«O‘zimizning aniq konsepsiyamiz belgilab olingan. Hozir juda ko‘p ishlarni amalga oshirish boshlangan. Prokuratura organlarida fidoyi, halol, xalqqa sodiq xodimlar juda ko‘p.
Eng asosiysi, korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilish bo‘yicha aniq takliflarimizdan biri shu bo‘ldiki - bosh prokurorning ayrim vakolatlarini quyi prokurorlarga ham berish. Bu korrupsiyaning oldini olishda eng asosiy omillardan biri bo‘ladi.
Shuningdek, ichki me’yoriy hujjatlarimizni ham korrupsiyaviy ekspertizadan qayta o‘tkazish, ularni tubdan takomillashtirilgan holda yangidan yaratish masalalarini maqsad qilib qo‘yganmiz.
Shu bilan birga, joylarda, viloyat prokuraturalarida manfaatlar qarama-qarshiligi, o‘zini o‘zi tiyib turish nuqtai nazaridan muayyan hududda uzoq yillardan beri xizmat qilayotgan fidoyi xodimlar, tajribali prokurorlar, rahbar xodimlardagi muvozanatni saqlash bo‘yicha ishlarni yakunlash arafasida turibmiz», - dedi Nig‘matulla Yo‘ldoshev.
Bundan oldin, Nig‘matulla Yo‘ldoshev avvalgi rahbariyat faoliyatiga baho berish juda og‘ir ekanini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi