Foto: Toshkent shahar IIBB
7 dekabr kuni taxminan soat 18:10 da Shayxontohur tumani IIO FMBga 45 yoshli Rixsitilla M. murojaat qiladi. U o‘z arizasida taxminan soat 17:00 da uyi yonida «Spark» rusumli avtomobilini qoldirganligini, uyda bir soat atrofida bo‘lib, uydan chiqqanida avtomobil yo‘qligini ko‘rib, 102 ga qo‘ng‘iroq qilganligini ma’lum qildi. Rixsitilla M. mashina kalitini avtomobil salonida, avtomobilni o‘zini esa ochiq qoldirganligi qo‘shimcha qiladi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, jinoyat qidiruv xodimlari videokuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganib chiqishdi. Natijada g‘arazgo‘y olib qochilgan avtomobilda qayerga yo‘nalganligi aniqlandi.
«Spark» bir necha soatdan so‘ng Yunusobod tumanidagi kafe avtoturargohida topildi. Avtomobildan davlat raqamlari yechilgan, mashina kaliti ham yo‘q edi.
Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari avtomobilni ko‘zdan kechirib, bir nechta barmoq izlarini topishdi. Olib borilgan daktiloskopik ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, bir nechta barmoq izlari qashqadaryolik 23 yoshli Farruh K.ga tegishli ekani aniqlandi.
10 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» bozorida patrul-post xizmati xodimlari Farruhni tanib, uni qo‘lga olishdi.
So‘roq davomida Farruh K. qilmishini tan olib, olib qochilgan avtomobilning davlat raqamini qayerga tashlaganini ma’lum qildi. Aytilgan joy ko‘zda kechirilganda avtomobil davlat raqamlari topilib, egasiga qaytarib berildi.
Farruh K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi («Transport vositasini olib qochish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi