12:53 / 24.12.2019
2 850

Yil sarhisobi: Erishilgan yutuqlar va galdagi rejalar

Yil sarhisobi: Erishilgan yutuqlar va galdagi rejalar
Mamlakatimizda har yilni sohalar tarmog‘ida sarhisob qilish yaxshi an’anaga aylangan. Tahlilllarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi faoliyatida ham o‘tayotgan yil ijobiy yutuqlarga boy bo‘ldi.

Xususan, 2019 yil uchun budjet daromadlariga belgilangan prognoz ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 11 oylikka belgilangan 7,7 trln.so‘m prognoz amalda 8,5 trln.so‘mga bajarilib, qo‘shimcha 825 mlrd.so‘m tushirildi.
Jami 11 oylik tushum miqdori o‘tgan yilga nisbatan 158 foizga yoki 3,1 trln.so‘mga o‘sdi.

Tushumlarni ta’minlashda yirik soliq to‘lovchilardan tashqari boshqa soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi natijasida esa ularning tushumi oshishiga erishildi.

Jumladan, yirik inspeksiyaga o‘tgan 143 ta korxonadan tashqari boshqa tushumlar miqdori 1-chorakda oylik o‘rtacha 242 mlrd.so‘mni, 2-chorakda 252 mlrd.so‘mni, 3-chorakda 274 mlrd.so‘mni va 4-chorak 2 oyida 325 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘sish tendensiyasi ta’minlanmoqda.

Boshqa tashkilotlarning umumiy tushumdagi ulushi 1 va 2-chorakda 33 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 3-chorakda 35 foizni va 4-chorak 2 oyida 39,4 foizni tashkil etdi.

Birgina ish haqi fondiga nisbatan soliq yukining kamaytirilishi natijasida viloyatda 79 mingta ish o‘rinlari legallashtirildi va jismoniy shaxslar daromad solig‘i tushumi o‘tgan yilga nisbatan 523 mlrd.so‘mga, resurs soliqlari bo‘yicha yuridik shaxslarni soliqqa tortish takomillashtirilishi natijasida to‘lovchilar soni 7 mingtaga oshdigan bo‘lsa, tushumlar 146 mlrd.so‘mga (1,7 barobarga) oshishi natijasida davlatning yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga erishildi..

Shuningdek, soliq to‘lovchilar faoliyatlarini qonuniylashtirish ya’ni, xufiyona iqtisodiyot ulushining qisqarishi natijasida foyda solig‘idan o‘tgan yilga nisbatan 195 mlrd.so‘mga ya’ni 1,5 barobarga ko‘p tushum ta’minlandi.

Bundan tashqari joriy yilda budjetga tushumlarni oshirishda bir qator yo‘nalishda izchil ishlar olib borildi. Viloyat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki boshqa tijorat ob’ektiga ega bo‘lgan va asosiy soliq to‘lovchi sifatida boshqa hududlarga soliq to‘lab kelayotgan sub’ektlarni soliq to‘lovchi sifatida viloyat hududiga jalb etish bo‘yicha har bir hokimlik hamda tegishli idoralar bilan ish olib borildi. Natijada joriy yil davomida mazkur toifadagi 901 ta sub’ektlar viloyat hududiga jalb etilib, ular hisobidan budjetga 70,2 mlrd.so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlandi.

Qazib olinayotgan noruda qurilish mahsulotlarining haqiqiy hajmiga mos ravishda soliqlarning budjetga undirilishi yuzasidan nazorat olib borildi va noruda qurilish mahsulotlari qazib olganlik bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik solig‘iga 7,2 mlrd.so‘m tushum ta’minlandi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi va Geologiya marksheyderlik xizmati davlat korxonasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan monitoring davomida 16 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan noqonuniy ravishda jami 453,7 ming metr kub noruda foydali qazilmalar qazib olganlik holati va shunga mos ravishda 9,8 mlrd.so‘m soliqlar to‘lanmaganligi aniqlanib, tegishli qonuniy choralar ko‘rildi.

Asosiysi, bu kabi holatlarni avtomatik tarzda aniqlab borish maqsadida kar’er yer qazilma ob’ektlarining kiraverish qismiga dasturlashtirilgan kuzatuv kameralari Qibray tumanida eksperiment tarzida o‘rnatildi.

Kameral nazorat natijalarini bartaraf etmagan 172 ta sub’ektlarda o‘tkazilgan mavzuli-ekspress o‘rganishlarda 65,2 mlrd.so‘m hamda 4 059 ta sub’ektlarda o‘tkazilgan xronometraj-monitoringda 24,8 mlrd.so‘m soliqlardan qochish holatlari aniqlanib, soliqlarni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Aytish kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni oshishi bilan birgalikda ularni nazorat qilish mexanizmi, ya’ni hisob-fakturalarning elektron hisobini yuritish tizimi yaratilganligi ham soliq ma’murchiligining sifatini oshirishga olib kelmoqda.

Aynan elektron hisob fakturalarni solishtirish orqali o‘tkazilgan tahlillarda ham 712 ta holatda 45,3 mlrd.so‘mlik soliqlardan qochish holatlari aniqlanib, soliq to‘lovchilarga mavjud kamchiliklarini ixtiyoriy bartaraf etishlariga imkon berildi va qonuniy choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

Bundan tashqari Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan hududlarda 100 dan ortiq sayyor qabullar o‘tkazildi va unda 1000 dan ortiq aholi muammolari hal etib berildi hamda 20 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari turar joy bilan ta’minlandi.

Muxtasar aytganda, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi 2019 yilda erishilgan natijalari bilan to‘xtab qolmoqchi emas, oldinda bizni katta maqsadlar va buyuk marralar kutmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yil sarhisobi: Erishilgan yutuqlar va galdagi rejalar