00:51 / 25.12.2019
6 699

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning ishdan olinishi rad qilindi

Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning ishdan olinishi rad qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning yaqin vaqt ichidan lavozimdan olinib Surxondaryo viloyatiga hokim bo‘lishi haqidagi gaplar rad qilindi, deb yozadi Sof.uz nashri.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov viloyat hokimi o‘z o‘rnida ekanligi va kelgusi yil uchun rejalar tuzayotganini bildirdi.

“Hozir viloyat hokimi boshchiligidagi majlisdan chiqdim. Hali bir minut ham bo‘lmadi. Qishloq xo‘jaligi borasida yig‘ilish bo‘ldi. Kelgusi yilda viloyatda meva-bog‘dorchilik klasteri tuzish rejalari haqida gaplashildi. Hokim boshqa lavozimga o‘tadi, degan gaplar asossiz”, deydi Muhammadjon Obidov.

Oldinroq Bosh prokuratura Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekanligi aytilgan yana bir tahdidli ovozni tekshirayotgani haqida ma’lum qilgandi.

Internetga sizdirilgan audio faylda Shuhrat G‘aniyevnikiga o‘xshash ovoz hokimning iste’fosini talab qilgan blogerning janozasini o‘qish haqida Quva tuman hokimiga topshiriq berayotganini eshitish mumkin edi.

Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu ovoz Shuhrat G‘aniyevga tegishli ekanligi rad qilgandi va xabarni chiqargan "Ozodlik" radiosini viloyat hokimiga tuhmat qilishlikda ayblagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning ishdan olinishi rad qilindi