20:53 / 25.12.2019
3 216

«Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi

«Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun 25 dekabr kuni soat 12:40 larda Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Kobalt”, “Spark” hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalar haydovchilari boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka tushib ketgan.

Xabarda aytilishicha, hodisada hech kim tan jarohat olmagan. Voqea joyiga 11-nazorat guruhi qutqaruvchisi xizmatchi D.Sultonov va “Qamchiq” navbatchilik maskanidan kichik serjant Y.Maxmetov boshchiligida 5 nafar qutqaruvchilar “Kamaz” rusumli maxsus avtomashinada hamda “Sherobod” YPX xodimlari, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK maxsus texnikalari va xodimlari yetib borgan.

Foto: fvv.uz

Qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalarining haydovchi va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilib, avtomashinalar handakdan chiqarildi. Shundan so‘ng, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Foto: fvv.uz

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida, soat 13:00 da yana bir yo‘l transport hodisasi to‘g‘risidagi ma’lumot kelib tushadi. Unga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani A-373 “Toshkent– O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib kelayotgan “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish UK ga qarashli “MAN” rusumli KDM (tuz-qum sepadigan mashina) yuk avtomashinasining ortidan kelib urgan .

Buning natijasida, “Neksiya” avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jarohatini olishgan. Jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qamchiq» dovonida 3 ta mashina handakka tushib ketdi