11:47 / 26.12.2019
3 975

Prezident qarori loyihasi: Kadastr tizimida islohot kutilyapti

Prezident qarori loyihasi: Kadastr tizimida islohot kutilyapti
Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi qoshida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi tashkil etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarkibidagi Davlat kadastrlari milliy markazi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
  • Davlat kadastrlarini yuritish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, manzilli reyestr, hududlarning davlat kadastrini yuritishni tashkil qilish;
  • Yagona davlat kadastrlari tizimi, Milliy geografik axborot tizimi, Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi, Doimiy amal qiluvchi turgan joyni aniqlovchi global yo‘ldosh stansiyalari milliy tarmog‘i, kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalangan axborot tizimi – elektron hukumat tizimining bazaviy platformasi tarkibiy elementlarini ishlashini ta’minlash;
  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni yoppasiga kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, texnik boshqaruv va standartlashtirish tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash orqali takomillashtirish;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan tizimining amal qilishini ta’minlash;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarini ommaviy kadastr baholashni tashkil qilish va amalga oshirish;
  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkni ommaviy kadastr baholash, fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalarida mutaxassislarni qayta tayyorlash va muntazam malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida zamonaviy texnologiyalar va standartlarni joriy etish.

Belgilanishicha:
  • Agentlik Davergeodezkadastr qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazining, tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisidir;
  • Agentlik “YER AUKSION” elektron savdo maydonchasining tadbirkorlarga yer uchastkalarini berish va shaharsozlik faoliyati bo‘yicha operatori hisoblanadi;
  • Davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 5 foiz miqdoridagi mablag‘larni tashkil etadi.

Quyidagilar Agentlikni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tushgan mablag‘lar, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foizini chegirgan holda;
  • fazoviy ma’lumotlarni, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlarini pullik asosida berishdan, shuningdek boshqa axborot xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
  • Davergeodezkadastr qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori loyihasi: Kadastr tizimida islohot kutilyapti