date
views 3 300

2020 yilda O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi

2020 yilda O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi
2020 yili O‘zbekistonda Perm davlat farmatsevtika akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev matbuot anjumanida e’lon qildi.

Elchining aytishicha, kelgusi yili O‘zbekistonda Rossiyaning yana 3 ta oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Astraxan davlat texnika universiteti va Sankt-Peterburg tog‘ universiteti ham bor.

Bundan tashqari, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva arxitektura universiteti va Pushkin nomidagi rus tili instituti filiallari ham ochilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yilda O‘zbekistonda yana 3 ta Rossiya OTM filiali ochiladi