date
views 3 611

Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)

Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent—O‘sh» yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 28 dekabr kuni soat 17:10 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan D.O. Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan.

Shundan so‘ng, avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi D.O. voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Isuzu haydovchisining xavfli burilishda harakat xavfsizligini ta’minlay olmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘ldi (foto)