14:09 / 01.01.2020
4 010

Namanganda Yangi yil bayrami kuni 4 tonna palov tarqatildi (foto)

Namanganda Yangi yil bayrami kuni 4 tonna palov tarqatildi (foto)
Foto: Hamdamjon Mamadaliyev
Namangan shahrida bugun, 31 dekabr kuni 4 tonnalik palov tayyorlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Shahardagi Bobur bog‘i markazida o‘rnatilgan va Gul bayramida megasumalak pishirilgan 7 tonnalik ulkan qozon atrofida bir kun oldin hozirlik boshlandi. Taomni tayyorlashga 12 nafar oshpaz jalb etildi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati
1 tonna gurunch va shuncha sabzi, 600 kilogramm go‘sht, 400 kilogramm yog‘ soldik. Osh mazali chiqishi uchun 50 kilo dumba yog‘i, 20 kilo ot yog‘i, 20 kilo zig‘ir yog‘i aralashtirildi. Yana buning ichida 50 kilogramm no‘xot, shuncha mayiz, 20 kilogramm zirk va shuncha murch, 15 kilogramm zira ham bor. Mas’uliyat katta, lekin ustazoda oshpazlarmiz, bismilloni aytib, sahar soat ikkilarda qozon atrofida ish boshladik, — deydi oshpaz Toyyibjon Muhiddinov.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati
31 dekabr kuni soat 11:00 ga yaqin 4 tonnali palov tayyor bo‘ldi. Maxsus idishlarga solingan osh Mehribonlik, Saxovat uylari, shahardagi masjidlar, kasalxonalar, 100 dan oshiq mahalladagi ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati
Bobur bog‘idagi 7 ta manzilda shahar aholisi va mehmonlar palovdan bahramand bo‘ldi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev
Nuroniylar osh ustida duo qilib, ehson bilan boshlangan Yangi yil yurt uchun fayzli-barokatli kelishi tilagini bildirdi.

Foto: Hamdamjon Mamadaliyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda Yangi yil bayrami kuni 4 tonna palov tarqatildi (foto)