Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi
2 yanvar, payshanba kuni Urumchi—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareysda Xitoydan vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Chegaradan vizasiz o‘tgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin investitsiya kiritish maqsadida O‘zbekistonni yaqindan o‘rganish uchun kelgan ekan.
«Vizasiz rejimning yo‘lga qo‘yilishi xitoyliklarga katta imkoniyatlar yaratadi. O‘zim Shandun provinsiyasidagi yirik kompaniya rahbariman. Mamlakatingizni o‘rganib chiqib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtiryapman. Bugungi kunda xitoyliklar dunyo bo‘ylab juda ko‘p sayohat qilishadi: o‘tgan yili 120 million xitoylik dunyo bo‘yicha sayohatga chiqqan. O‘ylaymanki, bundan keyin O‘zbekistonga ko‘plab xitoyliklar kela boshlashadi», — deydi Li Ji Lin.
Ma’lumot uchun, Prezidentning 2019 yil 12 sentabrdagi farmoniga asosan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Xitoy fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoni yaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi