06:00 / 05.01.2020
3 285

Direktor o‘rinbosari o‘quvchini ikkinchi qavatdan itarib yuborganlikda gumonlanmoqda

Direktor o‘rinbosari o‘quvchini ikkinchi qavatdan itarib yuborganlikda gumonlanmoqda
Foto: Videolavhadan skrinshot
Ishtihonlik o‘quvchini o‘zi tahsil olayotgan maktab direktori o‘rinbosari urib, tan jarohati yetkazganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasida Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, 2019 yilning 28 dekabr kuni 13-00 larda voyaga yetmagan S.Q. Samarqand viloyati, Ishtihon tumani tibbiyot birlashmasiga yopiq KST, bosh miya chayqalishi, o‘ng bilak suyaklarining distal oxiridan yopiq sinib siljishi, chap chakka, yonoq va ko‘z atrofi yumshoq to‘qimasining lat yeyishi kabi tan jarohatlari bilan olib kelingan.

Shifokorlar tomonidan bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, kasallik tarixi ochiladi va u shifoxonaga yotqizilgan.

S.Q.ga yuritilgan kasallik tarixida otasi D.P. o‘g‘lidagi tan jarohatlar (2019 yil 28 dekabr kuni) maktab zinasidan yiqilib tushgani natijasi ekani, ushbu holat yuzasidan biror kishiga nisbatan da’vosi yo‘qligi haqida (28.12.2019 yil kuni bergan) tilxati mavjud. Shuningdek, onasi Yo.U. hamda bobosi A.P. ham o‘z tilxatlarida voyaga yetmagan S.Q.ning tan jarohatlarni o‘zi yiqilib olganligini tasdiqlashgan.

2020 yil 3 yanvar kuni telegramdagi @BUGUNUZ kanalida berilgan videoda Ishtihon tuman «Murotobod» MFY Chambil qishlog‘ida yashovchi 08.06.2003 yilda tug‘ilgan, tuman XTBga qarashli 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi S.Q. olgan jarohatlar u tahsil olayotgan maktab direktori o‘rinbosari A.R. tomonidan yetkazilganligi bayon qilinadi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilayotgan dastlabki tekshirishda voyaga yetmagan S.Q. bilan (otasi D.P. va tuman XTB psixologi M.E.lar ishtirokida) suhbat o‘tkazilganda, u qo‘yidagilarni ma’lum qildi. Ya’ni, 2019 yil 28 dekabr kuni soat 12:30 larda o‘zi o‘qiyotgan maktab hovlisida o‘tkazilgan yangi yil bayrami yakunida paqqillagan baland ovozdan so‘ng maktabning kirish yo‘lagida direktor o‘rinbosari A.R. undan «Bu nimani ovozi?» deb so‘raganida, «bilmayman» deb javob berishiga qaramasdan, (A.R. unining yuziga tarsaki tushirib) xonasiga olib chiqqanligini hamda (xonada ham bir marotaba yuziga) tarsaki tushirganligini va oyna yoniga kelganida (A.R. uni) turtib yuborganligi oqibatida ikkinchi qavatdan yerga yiqilib tushganligini bayon qildi.

2020 yil 3 yanvar kuni voyaga yetmagan S.Q.ning otasi D.P. tuman IIB boshlig‘i nomiga farzandining tan jarohati olganligi holati yuzsidan ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaati tuman IIBda ro‘yxatga olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Direktor o‘rinbosari o‘quvchini ikkinchi qavatdan itarib yuborganlikda gumonlanmoqda