3 741
Termizda maktab o‘quvchilari salqin ichimliklardan yasalgan archaning bir parchasini o‘g‘irladi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Termizdagi «Yubileyniy» savdo markazining hovlisiga yaxna ichimlik suvlaridan qad rostlagan archaning bir qismini o‘g‘irlab ketilayotgani aks etgan video tarqaldi.
Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, buni Termiz shahar 6-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari bo‘lmish 5 nafar voyaga yetmagan bolalar H.A., A.B, B.O, J.A, M.Sh. sodir etgan aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, «Yubileyniy» savdo markazi atrofiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida kuzatib o‘tirgan qorovul Turg‘un Tojiyev Termiz shahar 4-son IIB navbatchilik qismiga xabar qilgan. Voqea joyiga tungi navbatchilik qilayotgan Termiz shahar «Alpomish» mahallasi 13-sonli tayanch punkti katta profilaktika inspektori yetib borgan.
2019 yilning 31 dekabr kunidan 2020 yil 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 00:30 larda besh nafar voyaga yetmagan bolalar qo‘lga olinib, Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Termiz shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, ulardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan profilaktika katta inspektori tomonidan 5 nafar voyaga yetmagan bolalarning qoidabuzarligi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi