13:30 / 16.01.2020
3 297

Sergey Lavrov uchun lag‘mon

Sergey Lavrov uchun lag‘mon
Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy tvitterida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovning nonushtasi surati joylashtirildi.

«Toshkentda vazir uchun lag‘mon tayyorlandi - Sergey Viktorovichning sevimli taomi. O‘zbekcha yoqimli kuch amalda», deyiladi elchixona tvitida.
Sergey Lavrov 15 yanvar kuni kechqurun Toshkentga keldi.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergey Lavrov uchun lag‘mon
ePN