platformauzb telegram kanalida ana shunday xabar e’lon qilindi.
"Chunki u davlat nazoratidan chiqarildi. Ya’ni shakar muhim xalq iste’moli tovarlari ro‘yxatidan o‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-4484-sonli qarori 1-bandida keltirilgan. Endi uning bahosini bozor belgilaydi.
Bu erkin bozor formatiga o‘tayotgan iqtisodiyot uchun qonuniyat bo‘lishi mumkin. Biroq hadik shundaki, shakarning ham “ega”si chiqib qolmasmikan? Xuddi oldingiga o‘xshash...
Ilgari iqtiyodimizdagi yopiq va soyadagi, ya’ni “tenevoy” siyosat ko‘plab vallomatlarni paydo qilganini hamma biladi. Boho shakarchi, falon millioner, falon oligarx... Ularni biz, o‘zimiz yaratgandik. Bojxonada maxsus yo‘laklar ochib, maxsus ruxsatnomalar berib va boshqalarga bu yo‘nalishda tabu qo‘yib... Oqibatda “vayronadan chiqqan bu millionerlar” qancha shataloq otishdi. Jabrini odatdagiday xalq ko‘rdi. Aytmoqchi bo‘layotganim, yana shunday bo‘lmaydimi? Shakarni xohlagan tadbirkor olib kira oladimi? Agar shunday bo‘lsa, narx-navo erkin bo‘ladi. Aks holda…
O‘zi, umuman, monopoliyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirish kerak, deb o‘ylayman. Eshitishimizcha, hozir qurilish ishlarida urf bo‘lgan alyumin profillarni chetdan olib kirishga faqat “Imzo” va “Akfa”ga ruxsat bor emish. Bu, albatta, bozordagi raqobatni yo‘q qilib, ana shu firmalarni yakkahokimga aylantiradi-da. Bunday yo‘sinda mazkur kompaniyalar egasi nafaqat shaxsiy samolyot, balki Boyqo‘ng‘irda o‘ziga raketa sotib olibdi, deyishsa ham ishonish mumkin.
Xullas, qonunlar hammaga birday ishlasa, bir to‘da odamlarga emas, butun xalqqa yaxshi bo‘ladi. Vatan va millat mavqeini esa har doimgiday sanoqli boylar emas, mehnatkash va fidoyi xalq belgilaydi" deyiladi kanalda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi