17:00 / 16.01.2020
5 927

Bosh prokuratura: Toshkent shahar prokuraturasi adashdi

Bosh prokuratura: Toshkent shahar prokuraturasi adashdi
Foto: Xabar.uz
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Toshkent shahar prokuraturasining rasmiy kanaliga joylashtirilgan va tez orada olib tashlangan videorolik yuzasidan munosabat bildirdi. Bosh prokuratura Kun.uz’ga bergan izohida shahar prokuraturasi xatolikka yo‘l qo‘yganini ma’lum qildi.

«Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, Instagram va Facebook dagi sahifalar hamda Telegram dagi kanaliga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan bo‘lib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.

Shu sababli, Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘raydi», deyiladi Toshkent shahar prokuraturasi xabarida.

Avvalroq shahar prokuraturasi sahifasida bir necha kun oldin Toshkentdagi uyida o‘ldirib ketilgan dizayner Narimon Grigoryanning qonga belanib yotgan murdasi tasvirlarini e’lon qilib yuborgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan munosabat bildirilib, shahar prokuraturasi matbuot xizmati keskin qoralandi.

«Kun.uz» jurnalistiga tashlangan zamhokim voqeasidagi gap-so‘zlaridan keyin Toshkent shahar prokuraturasida sal g‘alatiroq odamlar ishlasa kerak, deb xato o‘ylagan ekanman. «Sal g‘alatiroq odamlar» degan gap — ularga berilgan juda yumshoq, hatto maqtovli ta’rif. Balki «odamlar» so‘zini ham ishlatmaslik kerakdir, bilmadim», degan Muhrim A’zamxo‘jayev telegram kanalida.

«Matbuot xizmatida piarchilar emas, prokurorlar ishlasa, shunaqa holat yuzaga kelishi tabiiy», deya holatga baho bergan «Mehribon piarchi» kanali muallifi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: Toshkent shahar prokuraturasi adashdi