19:50 / 21.01.2020
3 236

O‘zbekistonda yana bir bankka dastlabki ruxsatnoma berildi

O‘zbekistonda yana bir bankka dastlabki ruxsatnoma berildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yana bir bankka bank faoliyati tashkil qilish uchun dastlabki ruxsatnomani berdi.

Xabarda aytilishicha, Bank nazorati qo‘mitasi 2020 yil 20 yanvarda “ TBC Bank Group PLC” kompaniyasi Toshkent shahrida “ TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Eslatma! Dastlabki ruxsatnoma olti oy muddatga beriladi. Ushbu davr mobaynida muassis tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi va bank ustav kapitali shakllantirilishi lozim.

Gruziyaning TBC Bank’i mamlakatimiz chakana bank xizmatlari bozoridagi Payme kompaniyasini egasi hisoblanadi. Payme 2019 yil aprel oyida $5.5 mlnga TBCga sotilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana bir bankka dastlabki ruxsatnoma berildi