Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi maktablardan birining direktori maktabga ishga qabul qilish uchun 800 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ga xabar berdi.
«Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Koson tumanidagi 98-sonli maktabi direktor N.Z. fuqaro D.U.ga o‘rta-maxsus ma’lumotli maqomini beruvchi qalbaki diplom tayyorlatib berish va uni ushbu maktabga laborant vazifasiga ishga qabul qilish evaziga undan 800 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan N.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, Andijonda 8 oylik farzandini 5 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. (2000 y.t. oilali) 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandi R.A.ni fuqaro M.ga 5 000 AQSH dollariga sotib, farzandi R.A.ning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan ham J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi