4 079
Chiroqchidagi voqea ortidan Qashqadaryo IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari iste’fo berdi
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Samad Teriqulovich Turdiyev Chiroqchi tumani IIB binosidan gumondorning murdasi chiqishi ortidan iste’fo bergan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB binosida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilingan.
«Bu odam yuz bergan voqeadan vijdoni ko‘tarmasdan iste’fo berib yubordi. U ishdan bo‘shatilmadi, o‘z tashabbusi bilan iste’foga chiqdi», deya manba so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Ma’lumot uchun, Samad Turdiyev 2017 yilning iyunida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Bunga qadar u 2015 yil fevralidan Kitob tumani IIB boshlig‘i bo‘lgan. U 2018 yilning martida podpolkovnik darajasiga ko‘tarilgandi.
26 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani Langar qishlog‘ida yashovchi 32 yoshli erkak Yu.A 22 yanvar kuni yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, 23 yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.
27 yanvar kuni viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Daryo» muxbiri marhumning yaqinlari bilan, shuningdek, o‘sha kuni Yu.A bilan birga tergov qilish uchun olib borilib, qiynoqqa solingan ota-bola Qurbon Ostonoyev va Bahrom Avliyoqulov bilan ham gaplashgan. Ularning barchasi Yu.A shafqatsizlik bilan kaltaklanganini ta’kidlashgan, IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopishga uringani haqida aytib berishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi