06:30 / 02.02.2020
4 511

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Polkovnik Karimov Jamshid Abduhakimovich Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Karimov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Yunusmetov Ravshan Azadbekovich Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Yunusmetov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Zabirov Ruslan Borisovich Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Zabirov Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, axborot-tahlil bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Musayev Ulug‘bek Ismatovich Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar U.Musayev Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish bo‘limi 17-son jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Saydazimov Muzaffar Maxamatgaziyevich Toshkent shahar, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Saydazimov Toshkent shahar, Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi