
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Bo‘stonliq tumani IIBga kelib tushgan arizada xususiy zavodlarning biriga tegishli bo‘lgan mulk o‘g‘irlab ketilganligi ma’lum qilingan va qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralgandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida gumondor sifatida jalb qilingan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi fuqaro G‘.Tojiboyev haqiqatan ham 3 fazalik 32 metr kabel va «Telfer» yuk ko‘tarish moslamasini zavoddan o‘g‘irlab, «Azamat» ismli tanishiga 3 million so‘mga sotib yuborgani aniqlandi.
Jinoyati fosh bo‘lishini istamagan Tojiboyev tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A.Baratovga ishni uning foydasiga hal qilib berishini so‘rab, evaziga pora tariqasida 1000 AQSH dollari taklif qiladi.
Holat bo‘yicha podpolkovnik Baratovning arizasiga asosan, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va hamkorlikdagi tuzilmalar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.Tojiboyev 1000 dollar miqdoridagi pulni IIB xodimiga pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar