
Foto:«Platforma.uz»
O‘zbekiston - AQSh o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlandi, deya xabar bermoqda Platforma.uz kanali.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasidagi muloqotlar ayni paytda yopiq shaklda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Pompeo 2 fevral kuni Toshkentga yetib kelgandi. 3 fevral kuni u Toshkentda «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.
AQSh davlat departamenti esa uning 29 yanvar-4 fevral kunlarida Ukraina, Belarus va Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qilishi haqida xabar qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar