"Kassaga borsak chipta yo‘q deyishdi. Lekin 260 o‘rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik" – Deputat (video)

"Kassaga borsak chipta yo‘q deyishdi. Lekin 260 o‘rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik" – Deputat (video)
O’zLiDeP matbuot xizmati tomonidan yangi tashkil etilayotgan aviakompaniyaHumo air” va ushbu sohadagi monopoliyaga bag‘ishlab videolavha tayyorlandi. Unda fuqarolardan yangi kompaniya kerakmi yoki yo‘q mazmunida fikrlar so‘raldi. Shuningdek, lavhada mutaxassislar fikri bilan ham o‘rtoqlashildi.

Lavhada Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O’zLiDePdan saylangan deputat Nodir Jumayev mamlakatdagi monopoliya haqida gapirdi.
U o‘tgan yili avgustda Yaponiyaga ketish oldidan sodir bo‘lgan chipta bilan bog‘liq muammoni ham esladi.

Avgust oyida Yaponiya moliya vazirligining tavsiyasiga ko‘ra Yaponiyaga borishga to‘g‘ri keldi. Shunda chipta olgani borganimda bilet tugagan deyishdi. Qattiq iltimoslar natijasida bilet olishga muvaffaq bo‘lindi. Samolyotga chiqqanimda 260 o‘rinli samolyotda 40 kishi uchib ketdik. Bu ham monopoliyaning ta’siri”, – dedi deputat.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar