Respublikamiz bojxona xodimlari tomonidan tovar moddiy-boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Ohangaron” tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida, fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu”, fuqaro K.B. boshqaruvidagi “Lasetti” va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech kanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi