19:10 / 06.02.2020
3 895

Toshkentda qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib borayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib borayotgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkentning Yunusobod tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma’lum shaxs qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko‘rgan va ko‘ngilsizlikni oldini olish uchun oshiqqan.
Noma’lum erkak ayolga yetganda Milliy gvardiya xizmatchisi jabrlanuvchini uni qo‘lidan ajratib olgan. Tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib to‘xtatilgan. Fuqarodan qo‘lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, u talabni bajarmasdan, haqorat qilib, ularni o‘ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo‘liga ilingan narsalarni ota boshlagan. Fuqaro uni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog‘iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. rezina tayoqni ishlatishga majbur bo‘lgan. So‘ng tartibbuzarning qo‘lidagi pichoqni tortib olib, qo‘liga kishan solgan. Qo‘lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo‘limiga topshirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri mast holda o‘zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib borayotgan shaxs qo‘lga olindi