19:43 / 10.02.2020
2 277

Gazga yetkazilgan zarari joyiga qo‘yildi

Gazga yetkazilgan zarari joyiga qo‘yildi
Majburiy ijro byurosining Shovot tumani bo‘limi xodimlari tomonidan energiya resurslariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, texnik nosoz hamda hisobga olinmagan hisoblagichlardan foydalanayotgan xo‘jalik sub’eklarni aniqlash bo‘yicha muntazam tezor tadbirlar davom ettirilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar samarasi o‘laroq, Shovot tumani, “Shovotqal’a” qishlog‘ida yashovchi R.Jumaniyazov, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan jamiyatga qarashli omborxonada tabiiy gazdan foydalanish uchun gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, dasturda hisobga olinmagan gaz hisoblagich orqali foydalanib kelayotganligi aniqlangan hamda ushbu holat tegishli tartibda xujjatlashtirilgan.

Bo‘lim xodimlari tomonidan ushbu xolat bo‘yicha surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, 5,7 mln. so‘mlik zarar summasi to‘liq undirib olinishi hamda tadbirkorlik sub’ektining iste’molchi sifatida tegishli tartibda ro‘yhatga qo‘yilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gazga yetkazilgan zarari joyiga qo‘yildi