06:30 / 11.02.2020
3 344

Kuzov raqamini o‘zgartirish foyda bermadi: «Neksiya» operatsiyasi fosh etildi

Kuzov raqamini o‘zgartirish foyda bermadi: «Neksiya» operatsiyasi fosh etildi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimilari mamlakat hududiga majburiyatnoma asosida olib kirilgan va qaytarib olib chiqilmagan avtotransport vositalarini aniqlash borasida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro J.D. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.

Natijada avtomashina muqaddam Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Oybek» chegara bojxona posti orqali qayta olib chiqish majburiyati asosida olib kirilib, muddatida olib chiqilmasdan, avtomashinani kuzov identifikatsion raqamlari o‘zgartirilib, ushbu Neksiyani oldin yonib ketgan avtomashina davlat raqami belgisi bilan boshqarib yurilgani aniqlandi.

Hozirda qiymati 45 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuzov raqamini o‘zgartirish foyda bermadi: «Neksiya» operatsiyasi fosh etildi