21:46 / 11.02.2020
3 801

OTMga kirish imtihonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda

OTMga kirish imtihonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda 2020 yil 1 mayga qadar Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Chora-tadbirlar rejasida:
- tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;
- umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;
- tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMga kirish imtihonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda