
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- Bosh vazir, hukumat a’zolari, ijro hokimiyati organlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimini joriy etish;
- har bir sohani o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlarni ishlab chiqish;
- vazirlik va idoralar ko‘rsatkichlari bilan birgalikda har bir viloyat va tumanning faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish;
- Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim masalalariga oid yig‘ilishlarida hokimlar va hududiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish tizimini yaratish;
- ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar