date
views 3 424

Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi

Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 avgustga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiya ishlab chiqish;
- aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;
- tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;
- tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish;
- Farg‘ona vodiysining 22 ta qishloq tumanida aholi o‘rtasida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha boshlangan ijobiy tajribani barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi