19:10 / 12.02.2020
3 703

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari aholiga soliq to‘lovi bo‘yicha muhim yangiliklarni yetkazmoqdalar

Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari aholiga soliq to‘lovi bo‘yicha muhim yangiliklarni yetkazmoqdalar
Xabaringiz bor, 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Yangi tahrirdagi soliq kodeksiga soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda, jismoniy shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15 aprelga va 15 oktabrga qadar etib belgilandi.

Shundan kelib chiqib, viloyat davlat soliq soliq xizmati xodimlari ushbu o‘zgarishlarni keng jamoatchilik vakillariga yetkazish hamda joylarda uyma-uy yurib, jismoniy shaxslarga joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lov xabarnomalarini tarqatmoqdalar. Ta’kidlash joiz, soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 martdan kechiktirmay topshiriladi.

Qorako‘l tumanidagi “Qozon” MFYda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ham mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddatiga o‘zgartirishlar hamda soliq imtiyozlari qo‘llanilishli tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda yig‘ilganlarga mavzuga oid tarqatma materiallari hamda joriy yil uchun to‘lanadigan soliq talabnomalari tarqatildi.

Uchrashuvlar davomida aholiga uy-joylari, kvartiralari, dala hovlilari, garajlari va boshqa imoratlari, shuningdek mulk huquqi, egalik qilish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashlari kerakligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, belgilangan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan fuqarolar, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek qonun xujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar, mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, harbiy xizmat yoki ichki ishlar organalaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralangan, yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy hizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva ayoli, enegriya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatda mulkida bo‘lgan mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Ushbu ma’lumotlar uchrashuvlar chog‘ida keng aholiga batafsil tushuntirildi. Davlat soliq xizmati xodimlari Buxoro tumanidagi “Rabotpoyon” MFYda ham bo‘lib, uyma-uy yurib aholiga talabnomalar va mol-mulk va yer soliqlarini uydan chiqmagan holda elektron shaklda to‘lash imkoniyati mavjudligini tushuntirishdi.

Xuddi shunday uchrashuvlar Romitan tumanida ham tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Davlat soliq xizmati xodimlari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda uyma-uy yurib, soliq to‘lovchilarga talabnomalarni tarqatilmoqdalar. Tumandagi “Guliston” MFYda hozirda 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning 367 tasi soliq to‘lovchilar ro‘yxatida turadi. Davlat soliq xizmati xodimlari va mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari uyma-uy yurish jarayonida ushbu soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqot qildilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, bugun Buxoro viloyatida 465 ming nafarga yaqin soliq to‘lovchi jismoniy shaxs bor. Joriy yilda Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 418- va 433-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan mazkur jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklaridan qariib 135 milliard so‘mlik mol-mulk va yer soliqlari undirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Har bir hududdan undirilgan soliqlar faqat o‘sha hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, aholining ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Demak, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda davlat soliq xizmati xodimlari aholiga soliq to‘lovi bo‘yicha muhim yangiliklarni yetkazmoqdalar