Xorijiy sayyohlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun umumiy viza joriy etishni ko‘zda tutuvchi Silk Road loyihasi 2020 yilning oxirigacha ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 12 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo nashri.
2019 yilning avgust oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqladi.
Xususan, hujjat 2020 yilning fevral oyida Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarida sayohat qilayotgan sayyohlar uchun Silk Road yagona viza rejimini ishga tushirishni nazarda tutgan.
«Hammasi joyida. Yil oxiriga qadar bizda ushbu loyiha bo‘ladi», — deydi Aziz Abduhakimov Silk Road vizasini joriy etish muddati haqidagi savolga javob berib.
Bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, yaqinda Qozog‘iston vakillari bilan muzokaralar olib borilgan hamda yangi loyihani ishga tushirishning tashkiliy-texnik masalalari ko‘rib chiqilgan.
«Biz hozirda juda samarali ish olib bormoqdamiz», — deydi Aziz Abduhakimov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi