5 734
15 yillik sir: Svetlana Ortiqova Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganini tasdiqladi
2005 yilning 13 may kuni Andijonda yuz bergan qonli voqealarda tinch aholi vakillariga o‘q uzilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova «Qalampir.uz»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Quyida Svetlana Ortiqovaning nashr muxbirining savollariga bergan javoblari keltiriladi.
— Andijon voqealarida davlat harbiylari tinch aholiga nisbatan o‘q uzganmi?
— Ba’zi bir jihatlar orqali qurolni ishlatish nomutanosib bo‘lgan.
— Ya’ni tayyorgarligi bo‘lmagan?
— Aloqa vositalari shir-shir-shir bo‘lgan. Vaqtida aytilgan, joy ochilgan, Qirg‘izistonga chiqib ketishsin ular deyilgan. Aloqa vositalari yaxshi ishlamagan. Vaqtida komandir u yo bu topshiriqni anglamagan. Tayyorgarlik bo‘lmagan. Sabablar ko‘p.
— ...va bo‘lib o‘tgan. Tinch aholiga nisbatan o‘q uzilgani haqidagi gaplar ham haqiqatga yaqin.
— Albatta. Shuning uchun ham o‘sha odamlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Buni ham ovoza qilganman. Hatto jazosini o‘tab kelib, tinch hayotda yashashyapti.
— Ular lavozimdagilarmi?
— Lavozimdagilar ham bor edi. Qancha kishi lavozimidan judo bo‘lgan. Bizning ham xatomiz bor edi va Ortiqova o‘sha vaqtlarda har bir hisobotni «Bizning ham xatomiz bor edi» degan gap bilan boshlardi.
«Albatta, o‘sha vaqtda juda qiyin ahvol bo‘lgan. Hozir bu voqealarni eslasam, erkak kishi bo‘lsangiz ham yig‘lab yuborasiz.
O‘sha kuni Bosh prokurordan uch kunga ruxsat oldim. Qizim bilan ota-onamni ko‘rgani Uchqo‘rg‘onga ketayotgan edik. Namanganga qo‘ng‘iroq qilib, taksi yuborishlarini so‘radim. Shu kecha qizim ham, men ham uxlamay taksini kutdik. Soat 2 yo 3 atrofida taksi keldi. Narsalarni avtomobilning yukxonasiga joylashtirdik. Ketayotib yana gazni, «svet»ni o‘chiray deb uyga kirdim. Shu vaqt telefon jiringladi.
Ko‘tarsam, navbatchi «Andijon portladi, ‘boyevaya trevoga’, hamma ishga», dedi. Bolam qiy-chuv, to‘polon qildi. Qani o‘sha vaqt bolaga tushuntira bilsam. Ikkinchi qavatda yashaydigan keksa qo‘shnilarim bor edi, «mana sizga qiz, mana sizga bozorlik, mana sizga uyning kaliti», deb ishga ketganman. Haligi taksichi ishxonagacha olib borib qo‘ygan.
Hech qachon esimdan chiqmaydi, idoraga kelayotganimizda endi quyosh turayotgandi. Shunaqa qilib ikki oy uyga bormaganman. Bo‘lmasa 15 daqiqalik yo‘l. O‘sha chol-kampir bolamga qarab turar edi, men telefon qilib, xabar olib turardim xolos.
Bu bilan nima demoqchiman: agar men o‘zimning gapimga ishonmasam, agar men qonunga tayanmasam, Konstitutsiya meni negizim va hayotim bo‘lmasa, men hech qachon gapirmayman va maydonga chiqmayman. Men o‘zim tergovda qatnashganman, Andijonga borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, ayblanuvchilar bilan gaplashganman, jabrlanuvchilar bilan gaplashganman, bevosita tergov jarayonida qatnashgan ayol sifatida aytamanki, haqiqatan bu terroristik xuruj edi», — deydi Svetlana Ortiqova o‘sha kunni xotirlab.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Andijondagi tartibsizliklar oqibatida 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi