20:17 / 14.02.2020
3 504

Svetlana Ortiqova «snos»lar haqida: Haqiqatdan sharmandali ishlar bo‘ldi

Svetlana Ortiqova «snos»lar haqida: Haqiqatdan sharmandali ishlar bo‘ldi
O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaning fikricha, mamlakatdagi «snos»lar bilan bog‘liq mojarolar — sharmandali holat. Svetlana Ortiqova bu haqda «Qalampir.uz»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Quyida nashr muxbirining «snos»lar masalasi yuzasidan savollariga Svetlana Ortiqovaning javoblari keltiriladi.

— O‘zbekiston adliya vaziri «snos»lar 2019 yilda mamlakatni junbushga keltirgan voqea bo‘lganini aytdi.
— To‘g‘ri. Lekin qancha odamlarning huquqi tiklanganini ham ayting. Shu bitta kamchiligini topsak-da... Bitta emas, «snos» bo‘yicha haqiqatan ham sharmandali ishlar bo‘ldi. O‘zbekiston uchun, Toshkent shahri uchun...
Sharmandagarchilik. Nima deysiz endi? Lekin kompensatsiya puli budjetning yelkasiga tushyapti-ku. Keling, korrupsiyani kamaytiraylik, iqtisodni ko‘taraylik.

— Kompensatsiya to‘lanishi, Prezident buni qaror bilan mustahkamlab qo‘yganidan keyin boshlandi.
— Shuning uchun siz bilan biz Prezidentga yordamchi, ko‘makdosh, yelkadosh bo‘lishimiz kerak. Qachon bu bizning miyamizga muhrlanadi? Qani, mana shu savolga javob bering, qachon? Muhrlangandan keyin zo‘r bo‘ladi. Buning uchun Prezident alohida qaror chiqarishlari ham kerak bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan tizim ishlaydi. Ortiqova ishlaydimi, Yo‘ldoshev ishlaydimi, prokuratura o‘zi ishlaydi, budjet to‘ladi, soliqlar vaqtida to‘lanadi, majburiy ijro byurosi ham kerak bo‘lmaydi. Lekin yaqin tarixni, uzoq tarixni, 27 yillikdagi o‘tmishni ham esdan chiqarmaslik kerak.

Avvalroq O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 2005 yildagi Andijon voqealarida tinch aholi vakillari o‘qqa tutilgani haqida gapirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Svetlana Ortiqova «snos»lar haqida: Haqiqatdan sharmandali ishlar bo‘ldi