16:10 / 15.02.2020
3 830

Surxondaryoda 8 yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Surxondaryoda 8 yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
5 fevral kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 2 million so‘mga sotishga uringan ayol ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ayol Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi, Angor tuman bo‘limi, Angor tuman Ichki ishlar bo‘limi, Angor tuman Davlat xavfsizlik xizmati va Angor tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida, olingan ma’lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi U.M. ismli ayol o‘z qaramog‘idagi o‘g‘lini Angor tumanidagi oshxonalarning birida O.B. ismli ayolga sotishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan, 13 fevral kuni U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi («Odam savdosi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 8 yoshli o‘g‘lini 2 mln so‘mga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi