Shu yilning 16 fevral kuni «Qamchiq» dovonida harakatlangan «MAN» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, YTH natijasida haydovchining o‘ng oyoq qismi qisilib qolgan. Hodisa yuzasidan navbatchilar boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va jarohatlangan fuqaroni chiqarib olishgan. Qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, «Rezak» tez tibbiy yordam xodimlari orqali Pop tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolindi, deyiladi FVV xabarida.
Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida, «Qamchiq» dovonidagi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 18 nafar xodimlar, 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi