Ertalab bolasini maktabga olib borgan ota o‘ychan edi. Xayolning ming bir tuynugiga bosh suqib chiqarkan, ish so‘rab murojaat qilgan joylaridan qanday natija chiqishini besaranjom kutardi. O‘ychan alpozda uyoqdan buyoqqa yurar ekan, maktabning yon tarafidagi ko‘cha bo‘yida bir sumkaga ko‘zi tushdi. Birovning sumkasi tushib qolgandi. Boshqa paytlarda gavjum bo‘lgan ko‘chada tongda qatnov kam bo‘lgani uchun sumkani birov ko‘rmagandi.
Sumkani ochganida erkak hayratdan qotib qoldi: ichi to‘la pul edi. O‘sha kunlarda yo‘qchilik jonidan o‘tib ketgan bo‘lsa-da, erkakning xayolidan yomon o‘y o‘tmadi. “Vaqti kelib bu kunlar o‘tadi va albatta menga ham xayrli eshik ochiladi! Birovning haqiga ko‘z tikmayman!” deya o‘yladi va sumkada egasiga tegishli biror hujjat bo‘lmagani uchun politsiya idorasiga qarab yo‘l oldi.
Politsiya ma’muriga vaziyatni tushuntirgan edi, ma’mur bir necha soat oldin bir portfelni izlaganlarini aytdi va omonatning egasi bilan uni yuzlashtirdi. Erkak portfel egasi ish so‘rab murojaat qilgani shirkatning boshlig‘i ekanini ko‘rib shoshib qoldi. Sumkaning egasi minnatdorchilik bildirib, erkakning yaxshiligini munosib taqdirladi. Albatta bir kun avval shirkatiga ish so‘rab so‘rovnoma to‘ldirgan insonni esladi.
Bu voqeadan bir kun o‘tib erkakka shirkatdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va o‘ziga ma’qul shartlarda ishga qabul qilingani aytildi. Bu xushxabar erkakni sevinch osmonining yettinchi qavatiga ko‘tardi, shaksiz...
Umida Adizova tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”