
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19 fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga yetib bordi.
«Esonbug‘a» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.
Tashrifning asosiy tadbirlari kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Unda jumladan, davlat rahbarlari ishtirokida Mustafo Kamol Otaturk maqbarasida gulchambar qo‘yish marosimi, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining rasmiy uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Bugun shuningdek prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar