Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Prezident farmoni bilan yangi lavozimga tayinlandi. U endi Mahalla va oila masalalari vaziri o‘rinbosari o‘laroq faoliyat yuritadi. Bu haqda Qalampir.uz manbasi xabar bermoqda. Parpiyev bugun, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi lavozimga tayinlangan.
Bunga qadar Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, u yangi vazirlikda oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, tomorqa va obodonlashtirish, ekologiya, bandlikka ko‘maklashish masalalariga mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov ham yangi lavozimga tayinlandi.
IIV o‘rinbosariga Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!