
Buxoro viloyati davlat soliq organlarida rahbar lavozimlariga munosib kadrlarni tanlash, xususan rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Davlat soliq boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi tuman davlat soliq inspeksiyasining rahbarlik lavozimlaridan biriga ayol kishi tayinlandi. Aniqrog‘i, Buxoro viloyati Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga
Niyozova Dilnoza Rasulovna tayinlandi.
Dilnoza Niyozova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman davlat soliq ispeksiyasi Tashkiliy ishlar va nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Buxoro ViloyatiDavlat SoliqRahbar LavozimlarXotin-QizlarTayinlashNiyozova Dilnoza O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar