11:16 / 27.02.2020
3 732

Koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi

Koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi
26 fevral kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga tegishli reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishida poytaxtimizga uchgan samolyot bortida 1996 yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot Seul aeroportiga qaytarilgan. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillar olingan.

Shundan so‘ng, samolyot Seuldan poytaxtimizga 232 nafar passajir, 12 nafar ekipaj a’zolari bilan jami 244 nafar fuqaro uchgan va joriy yil 27 fevral kuni Toshkent halqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Seul shahrida qolgan B.T.dan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, unda kasallik alomatlari aniqlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi