27 fevral kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda so‘zda chiqqan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova O‘zbekiston prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni unda belgilangan vazifalar yuzasidan nutq so‘zladi.
Elmira Bositxonova mahallalar endilikda kimga bo‘ysunishi haqidagi savolga oydinlik kiritdi.
«O‘zini-o‘zi boshqarish organi o‘z fuqarolari va kengashdan boshqa hech kimga bo‘ysunmaydi. Vazirlik [Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi] tashkil qilinganining eng katta sabablaridan biri – mahalla raisiga va mahalla faollariga hokimning o‘z ishini qildirishi masalasiga chek qo‘yiladi. Endi vazirlik ana shu aralashuv, majburlovlar – majlisda o‘tirish, tadbirda ishtirok etishga majburan olib borishning barchasiga nuqta qo‘yiladi. Farmonda bu aniq belgilab berilgan.
Endi hamma masalalar bizning ijroimizda. Qanday ijro etsak, 32 banddan iborat farmonning barcha bandlari aniq bajariladi. Buning uchun hammamiz baravariga harakat qilishimiz kerak. Shu jumladan, ommaviy axborot vositalari ham», deydi Elmira Bositxonova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi