Joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi Aram Grigoryanni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Har ikki tomon ham hozirda davlatlar o‘rtasidagi yuk tashish va mahsulotlar aylanmasi past darajada ekanligi, ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun esa hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
Xususan, xalqaro transport yo‘laklari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida transport sohasidagi bitimlarni qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi