Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
26 fevral kuni Samarqand viloyati Nurobod tuman IIBga shu tumanning «Mehnatkash» mahallasida yashovchi 51 yoshli N.E. ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, u o‘sha kuni kuni mahalla hududidan o‘tuvchi A378 — «G‘uzor – Samarqand» avtomobil yo‘li yoqasida qo‘ylarini boqib yurgan vaqtida, qo‘ylaridan birini noma’lum shaxs qora rangli «Kaptiva» rusumli avtomashinasiga yuklab olib ketganligini bayon qilgan.
Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Narpay tumani Oqtosh shahri Sadriddiy Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.S. boshqaruvida bo‘lgan «Kaptiva» rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga o‘g‘irlangan bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi