23:25 / 03.03.2020
3 122

«Avto 60 oy» MCHJ rahbarining onasini «tergovchilar 900 ming AQSH dollari talab qilgani»ni iddao qilmoqda

«Avto 60 oy» MCHJ rahbarining onasini «tergovchilar 900 ming AQSH dollari talab qilgani»ni iddao qilmoqda
Qator jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingan «Avto 60 oy» MCHJ rahbari Jamshid Bahodirovning onasi Malohat Zokirova tergov jarayonida farzandiga tazyiq o‘tkazilganini iddao qildi. Bu haqda mazkur MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari yuzasidan matbuot anjumanida ishtirok etgan «Daryo» muxbiri xabar bergan.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan Malohat Zokirovaga ko‘ra: «...O‘g‘limni menga (hisbxonadan) yozgan xatida yozilishicha, 6 noyabrdan 7 noyabrga o‘tar kechasi (uni) «Toshturma»dan olib kelishgan. O‘shanda tazyiq o‘tkazishgan. Tergovga narkologiyadan ham odam olib kelishgan. Narkotik modda chektirishdi, ovqatimga solib, majburlab yedirishdi va aybimga iqrorlik xatini yozdirib olishdi, deb yozdi bolam. Bu jarayonda Alisher «oper» va Farhod Ergashev bo‘lgan.

Alisher «oper» o‘g‘limdan 900 ming dollar talab qilgan. «900 ming dollar bersang, seni suddan chiqarib yuboramiz. Pulni falonchi, falonchilarga beramiz», degan. O‘g‘lim shu gaplarni 2—3 varaq xatida o‘zidan o‘zi yozmasa kerak? Lekin bu bo‘yicha oddiy tekshiruv bo‘ldi, tezda yopilib ketdi. Biz oddiy kambag‘al fuqarolar qolib ketaveramiz. Straus House’dan ham 1 million dollar so‘rashgan ekan. U bola ham bo‘lmagan gapni aytmasa kerak...
»

Bunga javoban IIV huzuridagi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Azizbek Dolixo‘jayev shunday deydi: «...Jamshid Bahodirov bilan bog‘liq tergov harakatlari ikki, uchta himoyachilar ishtirokida o‘tgan. Qolaversa, hozir har bir tergov xonalarida kuzatuv kameralari mavjud. O‘g‘lingiz vaqtincha saqlanayotgan hisbxonada ham kameralar o‘rnatilgan. Ular 24 soat to‘xtovsiz ishlaydi. Sizning murojaatingiz bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va o‘z tasdig‘ini topmaganligi bois qanoatlantirish rad qilingan».

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Jinoyat ishi qachon sudga oishirilishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Avto 60 oy» MCHJ rahbarining onasini «tergovchilar 900 ming AQSH dollari talab qilgani»ni iddao qilmoqda