Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligida Belarus Respublikasining «Minsk avtomobil zavodi» OAJ vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Transport vaziri o‘rinbosari v.b D.Dehqonovning «MAZ» OAJ bosh direktori o‘rinbosari S.Shulyak bilan uchrashuvida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli modeldagi avtobuslarni O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
«MAZ» OAJ bosh direktori o‘rinbosari Sergey Shulyak O‘zbekiston bilan yo‘lovchi tashish sohasini rivojlantirish yo‘lida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bunda kompaniya imtiyozli moliyalashtirish va xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikli (moliyalashtirish, mahsulotlarni yetkazib berish va servis xizmatlari ko‘rsatish) yo‘nalishida ishlashga tayyorligini bildirdi.
- Kompaniya O‘zbekiston bozoriga turli hajmdagi va modifikatsiyadagi avtobuslar, elektrobuslar hamda aeroportlar uchun peron avtobuslarni yetkazib berishga va bu borada hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor, - dedi Sergey Shulyak.
Transport vaziri o‘rinbosari v.b D.Dehqonov avtotransportda yo‘lovchi tashish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda mavjud avtobus parkini yangilash o‘ta muhim masala ekanligini qayd etib o‘tdi. Boshqa tarmoqlardan farqli ravishda bugungi kunda avtotransport sohasida xususiy sektorning ulushi 80 foizni tashkil etadi. Viloyatlarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatayotgan korxonalarda esa o‘rta sig‘imli avtobuslar xarid qilish bo‘yicha talab yuqori.
Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda tomonlar yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarni «MAZ» korxonasining mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?