2020 yilning 29 fevral kuni soat taxminan 13:00da Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida Samarqand shahri “Go‘ro‘g‘li” ko‘chasida 50 yoshli M.A. 34,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 200 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Aniqlanishicha, M.A. taxminan 60 gramm giyohvandlik vositasini tanishi 54 yoshli D.M.dan keyinchalik 200 AQSH dollariga sotib berishni aytib olgan va shu vositalardan 34,4 grammini sotishni ko‘zlagan.
Shu kunning o‘zida, M.A. yordamida IIO xodimlari tomonidan D.M. ushlangan va undan tadbirga jalb qilingan 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.A. va D.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (giyohvandlik vositasini ko‘p miqdorda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi