22:34 / 07.03.2020
3 902

2020 yil O‘zbekistondagi 3 ming mahbusga elektron braslet taqiladi

2020 yil O‘zbekistondagi 3 ming mahbusga elektron braslet taqiladi
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2020 yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy video registratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy video registratorlar (bodi-kameralar) o‘rnatiladi.

Shuningdek, probatsiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yil O‘zbekistondagi 3 ming mahbusga elektron braslet taqiladi