Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2020 yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy video registratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy video registratorlar (bodi-kameralar) o‘rnatiladi.
Shuningdek, probatsiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”