4 820
Qizil kitobga kiritilgan 73,5 mln so‘mlik baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi
Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Shahrisabz ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi va Shahrisabz tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Hazora qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.B. tomonidan Tanxoz daryosining Qoramur qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 22 dona O‘zbekiston gulbalig‘i noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida fuqaro J.B.dan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 22 dona gulbaliq (forel) va 2 dona qarmoq voqea joyida olingan hamda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Fuqarodan holat yuzasidan tushuntirish xati olingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 73,5 million so‘mga baholangan.
Foto: O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Mazkur shaxs tegishli ruxsati bo‘lmay turib ovlanishi taqiqlangan noyob baliq turini ovlagani uchun javobgarlikka tortildi va tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari