20:25 / 11.03.2020
4 131

Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi

Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi
Foto: Farg‘ona viloyat IIB YHXB axborot xizmati
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 10 mart kuni Marg‘ilon shahri markazidagi Burhoniddin Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon—Farg‘ona shaharlari hamda Marg‘ilon—Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Damas haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilar harakatiga xalal bergan.

Mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida viloyat IIB YHXB xodimlari hodisa joyiga yetib borgan. Ammo Damas haydovchilari YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (Mayda bezorilik), 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining qarori bilan haydovchilarning 2 nafariga 15 sutka, 9 nafariga 10 sutka, 8 nafariga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi